Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbir oʻtkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbir oʻtkazildi

Bugun Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda salbiy holatlarga murosasiz bo‘lish, bunday holatlarining yuzaga kelishiga omil bo‘lgan kamchilik va muammolarni bartaraf etishni kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i S. Xalilov  ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirish, korrupsiyani oldini olish, huquqbuzarlikni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish, profilaktik tadbirlarni oʻtkazish, korrupsiyaviy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash ekanligi yigʻilish qatnashchilariga tushuntirdi.

Oʻtkazilgan yigʻilish jarayonida korrupsiya va taʼmagirlik kabi salbiy illatlarga yoʼl qoʼymaslik hamda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimining bot kanali, ishonch telefonlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʻyish, javobgarlikning muqarrarligi kabi jihatlar toʻgʻrisida ham yigʻilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib oʻtildi.

Qishloq xoʼjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida Korruptsiyaga karshi kurashish va uni oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni yuzasidan oʼtkazilgan oʼrganish