Markaz tarixi

Markaz tarixi

Qishloq xo‘jalik texnikalari va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (QTTSM), oldingi O‘rta Osiyo mashina sinash stansiyasi (SAMIS), (keyinchalik O‘zbekiston mashina sinash stansiyasi va O‘zQTTSDM deb nomlangan) 1948 yilda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi o‘zlashtirilmagan yerlarda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining (SoyuzNIXI) paxtachilikni mexanizasiyalash va agrotexnikasi markaziy stansiyasi negizida tashkil topgan.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1991 yil 22 iyuldagi 321-XII sonli qarori asosida SAMIS O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazildi va nomi “O‘zbekiston mashina sinov stansiyasi” deb o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi 97-sonli Qaroriga asosan “Uzsel’xozsnabremont” (“O‘zagromashservis”) uyushmasi tarkibidagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikasiyalash va sinash davlat markazi (O‘zQTTSDM) deb nomlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi “Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalari sinovlari tizimlarini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-1972-sonli qaroriga asosan O‘zQTTSDM O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi qayta tashkil etildi.