Markaz haqida

Markaz tuzilmasi

Ma’naviy va ma’rifiy sohasidagi ishlar 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarining mazmun va mohiyati yoritiladi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarining mazmun va mohiyatini yoritiladi.
  3. Yoshlar Ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy to‘rtta sektor vakillari ishtirokida respublikadagi islohotlarning amalga oshirilishi yoritiladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” hamda qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan vazifalarni yoritib boriladi.

Kutilayotgan natijalar

Respublikamiz hamda Qishloq xo‘jaligi  sohasida amalga oshirilayotgan  islohotlar yoritilib,soha bo‘yicha ichki va xalqaro  ilmiy-anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etilishiga erishiladi va mutaxassislarning ilmiy, ma’rifiy salohiyati oshiriladi

Kutubxona, arxiv va muzey faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi hamda Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalarining yagona davlat reestriga kiritilgan texnikalar bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Ta’lim sohasidagi ishlar

OTMning professor-o‘qituvchilari bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilinadi.

Texnika yo‘nalishida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun lmiy-tadqiqot ishlari muhokamadan o‘tkaziladi va tegishli xulosalar beriladi.

PhD darajasi va fan doktorligi himoyasi uchun tayyorlangan ilmiy ishlar muhokamadan o‘tkazilib, ilmiy-tadqiqotlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va foydali g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish, ishlab chiqarish,eksportga yo‘naltirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritiladi.

OTM va ITI malakali xodimlari hamda ishlab chiqarish va servis xizmat ko‘rsatish korxonalari texnolog-konstruktorlari bilan Klaster va fermer xo‘jaliklari mexaniklari, operatorlarini servis xizmat ko‘rsatish, ekspluatasiya qilish hamda agrotexnik talablar bo‘yicha alohida “o‘quv kurslari” tashkil qilinadi.

QXT ga qo‘yilgan agrotexnik talablar hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Metodik qo‘llanma” ishlab chiqiladi.

Ekinlarni etishtirishning maqbul resurstejamkor agrotexnologiyalari bo‘yicha qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishchi organlari tanlash, ularni ishlatish, qo‘yiladigan agrotexnik talablar bo‘yicha yangi mashinalarning sinov usullari va me’yoriy hujjatlari ishlab chiqiladi.

Kutilayotgan natijalar

200 nafardan ortiq OTM bakalavr va magistrlar, 2000 nafar fermer xo‘jaliklari, agroklasterlarning mexanizator va operatorlari integrallashtirilgan holda o‘qitilishi hisobiga:

-Qishloq xo‘jaligi texnikalarini to‘g‘ri ekspluatasiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va servis xizmatlarini sifatli bajarish, QXTning xizmat muddati uzayadi, buzilishlar soni keskin kamayadi, natijada YOMM va ehtiyot qismlar iqtisod qilinadi.

-Ekinlarni parvarish kilishda agrotexnik talablarni to‘g‘ri bajarilishi, ishchi organlarni tanlash va sozlashdan hamda barcha jarayonlarni o‘z muddatida sifatli bajarilishi hisobiga dala madaniyatiga erishiladi, hosildorlik keskin oshadi hamda tuproq strukturasi yaxshilanishiga erishiladi.

-Agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari bilan ishlab chiqaruvchilar, OTM va ITI olimlari, konstruktor-texnologlar va servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida yil davomida uzviy aloqa tiklanib, yangi texnika va texnologiyalarni kelishilgan holda ishlab chiqarish va yaratish imkoniyati tug‘iladi.