Markaz muzeyi

Markaz muzeyi

O‘rta Osiyo mashina sinovi stansiyasida bir necha yillar davomida yetakchi tajriba maktabi faoliyat olib borib, u yerda mexanik, mexanizatorlar va injener-texniklar yil davomida malakalarini oshirish uchun mashg‘ulotlar olib boriladi. Yil davomida respublikamizning turli viloyat va tumanlaridan jami 900-950 nafar xodimlar o‘z malakalarini oshiradi. 1979 yilda Yangiyo‘l raykom partiya byurosi tomonidan O‘rta Osiy mashina sinov stansiyasidagi yetakchi tajribaga ega maktab qoshida O‘zbekiston paxtachiligini rivojlantirish tarixi muzeyini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash tarixi muzeyi 3 ta paviliondan iborat.
1.Qishloq xo‘jaligi texnikalari tarixi pavilioni.
2.Eski qishloq xo‘jaligi texnikalari pavilioni.
3.1960 yillardan so‘ng ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari pavilioni.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari arixi pavilionida paxtachilikni mexanizatsiyalashni rivojlantirish bo‘yicha inqilobdan oldingi va hozirgi kunga qadar bo‘lgan eksponatlarni o‘z ichiga oladi.
Eksponatlar 5 ta bo‘limlarga joylashtirilgan.
I. bo‘lim. Turkiston inqilobiga qadar bo‘lgan davrdagi paxtachilikni o‘z ichiga oladi.
Paxtachilik texnologiyasi va qurollari asrlar davomida o‘zgarmasdan qolgan: qadimiy omoch va mola, ketmon va o‘roq, tuproq tayyorlashdagi mashaqqatli qo‘l kuchi, dalaga ishlov berish va ekish, hosilni yig‘ish. Yer egasining asosiy quroli ketmon hisoblangan.  19 asrning 80-90-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Otga qo‘shiladigan pluglar va paxta seyalkalarini olib kirish boshlandi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va qurollari namunalari, ularning fotonusxalari ushbu bo‘limda joylashgan.
II. bo‘lim. 1917-1940 yillarda sosializm qurilishi davrida paxtachilikni mexanizasiyalash.
Bo‘limda 1917 yildan 1940 yilga qadar bo‘lgan paxtachilikni mexanizasiyalashni namoyish etuvchi hujjatlar va va ularning fotonusxalari joylashtirilgan. Stendlarda ilk olib kelingan traktorlar, ulardan paxta dalalarida foydalanish, O‘rta Osiyoga birinchi kelgan olimlar, yer-suv islohotining fotonusxalari, UzSSR birinchi Prezidenti – Yu.Axunbabaev tomonidan imzolangan yer islohoti. Respublikamizning turli viloyatlariga keltirilishi va ularni kutib olinishini namoyon etuvchi materiallar. Mashina traktor stansiyasi va mexanizatorlarni tayyorlash tashkil etildi. Haydovchi va traktorchi kurslari bitiruvchilari, mashina traktor stansiyasi birinchi direktori Kapustin D.B., Suprikov K.I., Straumal B.G., Vishnevskiy A., Tyambiev N. va boshqalarning rasmi. Diaremalarda dehqonlarga yer bo‘lib berish va birinchi traktorlarni kutib olish ko‘rsatilgan. Kolxozlarga yerni umrbod biriktirilish haqidagi dalolatnomaning asli. 1910 yillardayoq Toshkentdagi Qoplonbek nomli birinchi mashina sinov stansiyasida olib kiriladigan texnikaning yaroqliligi aniqlaydigan tashkilot tashkil etilgan. Stendlardagi fotorasmlarda O‘zbekistonning birinchi qaldirg‘ori Tashselmashning qurilishi, zavodning birinchi direktori – Juravleva P., bosh mahandis – Kashevnikova G.A. va boshqalar. Mashina sinov stansiyasining tashkilotchilaridan biri Katanskiy, birinchi olimlar, mashina sinov stansiyasining birinchi direktori Kajixin P.V. va boshqalarning portretlari. 1928-1930 yillar mashina sinov stansiyasi hisobotlarining asl nusxasi, ixtirolarning mualliflik guvohnomalari va olimlar hisobotlarining namoyishi. 1935 yilda Qovunchida paxtachilikni mexanizasiyalash bo‘yicha birinchi konferensiya ishtirokchilarining fotorasmlari: Yu.Axunbabaev i A.Ikramov, paxta o‘rish mashinalarining konstruktor-ixtirochilari Kolyasin Ye.B., Korkin N.A., Nel’sen X.M., Sitin B.M., Juravlev P.P. va boshqalar. 1935 yilda yetakchi-kolxozchilarining ikkinchi Butunittifoq s’ezdi ishtirokchilari, birinchi mexanizatorlarning delegatlik bileti va faxriy yorliqlari, Katta Farg‘ona kanalining qurilishiga bag‘ishlangan o‘zida o‘sha vaqtni aks ettiruvchi rasmlar. Butun zal bo‘ylab 1929 yildan yaratilgan va foydalanilgan paxta teruvchi mashinalarning turli variantlarining (106) konstruksiyalarining namoyishi.

III. bo‘lim. Urush yillari.
Stendlarda sharqga zavodlarning evakuasiya qilingan uskunalarining eshelonlarining kelishi, Sovet Ittifoqining qaxramonlari, sobiq mexanizatorlar, Tapibaldiev V., Molyaev, Utkin. Mukofotlar: Mamadaliev A., Qo‘yliqsel’mash direktori Saruxanova Ye.P. va boshqalar Lenin Ordeni Kavaleri, UzSSR xizmat ko‘rsatgan mexanizatorlari Raxmatullaev, Karapetyans urush yillarida qozongan UzSSR Yuqori Sovetning maqtov yorlig‘lari, orden va medallari. UzSSR Yuqori Soveti deputati, mexanizator ayol Ra’no Sharipovaning fotorasmlari. Urush yillaridagi ixtiro va hisobotlari.

VI. bo‘lim. 1946-1961 yillari paxtachilikni mexanizasiyalashning kompleks yo‘lida.
Stend ekspozisiyasi Yangiyo‘l tuman kolxozlar raislarining umumiy fotorasmlari, fotorasm markazida U.Yusupov – O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi sekretari. Stendlarda qishloq xo‘jaligining urush yillaridan so‘ng tiklanish jarayoni aks ettirilgan. Paxtachilikni tiklash bo‘yicha farmon nusxasi, ikkinchi Yangiyo‘l mashina traktor stansiyasining qurilishi. Mastura Azizova – traktor ishlarining yuqori sifati va yoqilg‘i iqtisodining tashabbuskori, Sosialistik mehnat qaxramoni mukofoti – Boqi Xamraev, Bibarova, M.Atajanov, Karapetyans Vatros Akopovich va boshqalar. Birinchi qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va elektrafikasiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zMEI). Paxtachilikni mexanizasiyalash bo‘yicha mashina ishlab chiqilishi, elektro-traktor sinovi, birinchi ixtirolarning asli va fotorasmlari stendi. Institut xodimlari Amplevskoy S.V., Utkin, Besednov M.V. fotorasmlari, Zinin G.T., Shurigin, Koryakin va boshqalar hisobotining asli. Paxtachilikka ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosining tashkil etilishiga bag‘ishlangan stend, birinchi paxta terish mashinalarining konstruksiyalari bilan tanishtiradi. BMKB birinchi boshlig‘i Rozenblyum L.M. paxta terish mashinalarining konstruksiyalari uchun SSSR davlat mukofoti. Bo‘lim mashina sinov stansiyasining tashkil etilishini ko‘rsatuvchi eksponatlarning namoyishi bilan yakunlanadi. Maxsus stendda sosialistik mehnat qaxramoni V.A.Tyupkoning portreti va mukofotlari joylashgan.

V. bo‘lim. Sosializmning rivojlanishi davrida paxtachilikni kompleks mexanizasiyalash.
Xizmat ko‘rsatgan mexanizatorlar, faxriylarning fotorasmlari va ularning mukofotlari stendi. Ikki bor sosialistik mehnat qaxramoni T.Axunova, Sovet ittifoqi qaxramoni va sosialistik mehnat qaxramoni Troyninlarning portreti. Paxtachilik bo‘yicha ilmiy sessiyaning umumlashgan materiallari. Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Spridonov P.V., Martinov A.N., LIBQXIA korrespondentlik a’zolari t.f.n. Zinin G.T, LIBQXIA akademik olimlari t.f.d. Rudakov G.M., t.f.d. T.M.Shpolyanskiylarning mehnat mahsullari va ixtirolar uchun mualliflik guvohnomalari. Paxta terish mashinalarini ishlab chiqish va joriy qilganligi uchun davlat mukofoti laureatlari Sosialistik mehnat qaxramoni N.Komarov, M.Raajanov, M.Kovaleva, R.Kuchiev va boshqalarning portretlari. O‘zbekiston KP MQ birinchi sekretari Usmonxodjaev I.B. boshchiligida O‘zbekiston SSR hukumati a’zolarining O‘rta Osiyo respublikalarida istiqbolli texnologiyalar va yangi texnikalar bilan tanishish uchun ilmiy tashkilotlarga tashrifiga oid fotorasmlar stendi. Stendda Shakirov, U.Xashimov, X.Xojimatovlarning mukofotlari va maqtov yorlig‘lari, faxriy mexanizatorlar Yakushev, Togaev, Axongorodskiylarning fotorasmlari. Ekspozisiya bo‘limi respublikamizning mukofotlari bilan yakunlanadi: Uchta Lenin ordeni, Oktyabr revolyusiyasi ordeni va Xalqlar do‘stligi ordeni.

Ikkinchi pavilion.
Pavilion staroy texniki.
1960 yilga qadar ishlab chiqarilgan ot tortish kuchiga asoslangan texnika namunalari va qishloq xo‘jaligi mashina hamda traktorlarining namunalarining namoyishi.

Uchinchi pavilion.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan, istiqbolli texnika va texnologiyalar, g‘o‘za yetishtirish uchun mo‘ljallangan kompleks mashinalar namoyishi.