Faoliyat

Markazdagi bo'limlar

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash laboratoriyasi

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash laboratoriyasi

Laboratoriya - qishloq xo‘jaligi texnikalarini (traktor va tirkamalardan tashqari) dastlabki, qabul, davlat, davriy, malaka, tur, takroriy sinovlarini o‘tkazishda birlamchi va yakuniy texnik ekspertiza, puxtalik, texnik tavsiflari, funksional va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlaydi va sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi hamda foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri yuritadi.
Tezkor sinov laboratoriyasi

Tezkor sinov laboratoriyasi

Laboratoriya – zamonaviy stendlar yordamida traktorlar va o‘ziyurar texnikalarning dvigatel quvvati, kabinadagi isitish, sovutish, ventilyatsiya tizimlari va karkas mustahkamligi, gidravlik yuk ko‘taruvchanlik va tormoz tizimi, tortish quvvati, yuqori bosimli yoqilg‘i nasos, shlang, gidravlik nasos, elektr qurilmalari, tirkamalarning chidamlilik ko‘rsatkichlari, purkagich va ekkichlarni sifat ko‘rsatkichlari, operatorga tebranishlarning ta’siri aniqlanadi hamda yangi standartlarni joriy etish, qo‘llash, takomillashtirish va qayta ishlab chiqish, xodimlarning malakalarini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi va nazorat qiladi.
Mashinalarni agrotexnik va ekspluatatsion-texnologik baholash laboratoriyasi

Mashinalarni agrotexnik va ekspluatatsion-texnologik baholash laboratoriyasi

Laboratoriya tegishli muvofiqlashtiruvchi laboratoriyalar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jalik texnikalarining tuproq-iqlim sharoitiga mosligi hamda agrotexnik talablarining bajarilishi bo‘yicha agrotexnik va ekspluatatsion-texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun sinovlarni o‘tkazadi. Sinov jarayonida texnikaning turiga qarab sinash sharoiti, qishloq xo‘jalik ekinlari va ekin maydonlariga tavsif beriladi hamda texnologik jarayon davomida texnikalarning barcha ko‘rsatkichlari aniqlanadi hamda tahlil o‘tkazish uchun na’munalar olinadi.
Standartlashtirish va metrologiya laboratoriyasi

Standartlashtirish va metrologiya laboratoriyasi

Laboratoriya – Markazda mavjud o‘lchash vositalari, sinash uskunalarini qiyoslov, kalibrovka va davlat tekshiruvidan o‘tkazadi, yetakchi laboratoriyalarni me'yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi, yangi standartlarni joriy etadi, qo‘llaydi, takomillashtiradi va qayta ishlab chiqadi hamda xodimlarning malakalarini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi va nazorat qiladi.
Sertifikatlashtirish organi

Sertifikatlashtirish organi

Оrgan (SO) – O'zbekiston Respublikasi hududida qishloq xo’jaligi texnikalarining xalqaro, davlatlararo standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini sertifikatlashtirish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi
Mashina-traktor parki va servis xizmati bo‘limi

Mashina-traktor parki va servis xizmati bo‘limi

Bo‘lim – sinovga berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining laboratoriya-dala sharoitlarida sinovlardan o‘tkazishda mos qishloq xo‘jaligi mashinalari va traktorlarni tanlaydi, Markazda foydalanilayotgan avtotransport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmat ko‘rsatadi, ularni ehtiyot va butlovchi qismlar hamda yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlaydi, sinov talablariga mos agregat va butlovchi qismlar tayyorlaydi.
Markaz haqida

Axborot tizimlari