Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi xodimlari rag‘batlantirildi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida samarali mehnat qilayotgan, o‘z vazifalarini sidqidildan va namunali bajarib kelayotgan Markaz direktori Xakimov Marks Ataxanovich, Sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i Erkebayev Xojiakbar Olmaslaiyevich hamda Mashina traktor parki va servis xizmati bo‘limi boshlig‘i Turgunbayev Rasuljon Abdurapikovichlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandi.
Mazkur e’tirof xodimlarning ko‘p yillik mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va korxona rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosi bo‘ldi.
Taqdirlangan xodimlarni ushbu esdalik nishoni bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
