“Millat shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Kulmatov Zafar Jumanazarovich tomonidan “Millat shavkati” kitobining mazmun-mohiyati va unda aks etgan ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida kitobning mazmuni, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va ma’naviy merosimizning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni kitobni mutolaa qilishga va undan zarur ma’naviy saboqlar olishga chaqirildi.
